AsosiyDunyo

​BORTKUZATUVChI EKATERINBURG AEROPORTIDA TOJIKISTONLIK O`SMIRNING HAYoTINI SAQLAB QOLDI

'​BORTKUZATUVChI EKATERINBURG AEROPORTIDA TOJIKISTONLIK O`SMIRNING HAYoTINI SAQLAB QOLDI'ning rasmi

“Ural avialiniyasi” aviakompaniyasi bort kuzatuvchisi Ekaterinburg shahridagi Kolsovo aeroportida tojikistonlik o`smirning hayotini saqlab qoldi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Voqea chorshanba kunga o`tar kechasi, 2 avgust kuni ro`y berdi. O`smir bola oilasi bilan Tojikistonning Xo`jand shahriga uchishi lozim edi. Bronxil astma xuruji tufayli bolaning yuragi to`xtab qoldi. “Ural avialiniyasi” aviakompaniyasi xodimi Mixail Kolomoes 14 yoshli bolani qutqarishga shoshildi. “Bolaning qo`lini ushlab, plsini tekshirganda, uning yuragi urishdan to`xtaganligini sezdim. Odamlardan bolaning atrofini o`rab olmaslikni iltimos qildim va yuragini massaj qilib, sun`iy nafas berdim. Bola hushiga kelgach, oldimizga polisiya xodimlari va aeroport feldsheri keldi”, dedi Mixail Kolomies.

Shundan keyin o`smir mahalliy kasalxonalardan biriga yotqizildi, Mixail Kolomies esa reys bilan Xo`jandga uchib ketdi.

Bortkuzatuvchi “Ural avialiniyasi”da to`rt yildan beri mehnat qilganiga qaramay, ilk marotaba birinchi tibbiy yordam ko`rsatgan. Ma`lum bo`lishicha, Mixail Kolomies o`rta maxsus tibbiy ma`lumotga ega.

    Boshqa yangiliklar