2017 yilning 28 iyul kuni taxminan soat 23:00larda, o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Allabergenova Roza Abdukarimovna,Mirobod tumani, Sumbula ko`chasi, 6-uyda fohishaxona saqlab, 50.000 so`m pul evaziga fuqaro «A» va «O» larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan, deb yozadi Toshkent shahar IIBB.
Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






