AsosiyJamiyat

1 SENTYaBRDAN SAMARQANDDA IKKINChI TRAMVAY YO`LI IShGA TUShADI

'1 SENTYaBRDAN SAMARQANDDA IKKINChI TRAMVAY YO`LI IShGA TUShADI'ning rasmi

Samarqand shahrida ikkinchi tramvay yo`li 1 sentyabrda topshiriladi, deb xabar qildi STV telekompaniyasi.

Eslatib o`tamiz, Samarqanddagi birinchi tramvay yo`li foydalanishga topshirilgach ikkinchi tramvay yo`li qurilishi boshlab yuborilgan edi.

Ikkinchi tramvay yo`li temir yo`l vokzalidan to Siyob bozorigacha — jami 5 kmni tashkil etadi.

Hozirgi vaqtda vokzal oldidagi tramvay depo hududi qazib tashlangan. Bu erda tramvay yo`li uchun elektr tarmoqlar o`tkaziladi.

Ikkinchi tramvay yo`lida 8 ta tramvay qatnovi yo`lga qo`yiladi. Bekatlar va svetoforlar soni hali ma`lum emas.

Loyihaning keyingi bosqichida jami 23,4 km uzunlikdagi tramvay yo`lini qurish ko`zda tutilgan. Birinchi navbatda temir yo`l vokzalidan Spitamen ko`chasi orqali Kimyogar shaharchasigacha tramvay yo`li quriladi. Shundan so`ng, temir yo`l vokzalidan Narpay ko`chasi orqali Kimyogar shaharchasiga tramvay yo`li ishga turishish rejalashtirilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar