"Chimkent-Toshkent" trassasidan o`tgan qimmatbaho avomobillardan iborat dabdabali to`y kortejiga vertolyot ham hamrohlik qildi. Videoda vertolyotning kortej ustida undan o`tib ham, qolib ham ketmay bir maromda uchayotganini ko`rish mumkin.
Internet foydalanuvchilaridan biri mazkur videoni o`zining Facebook`dagi sahifasiga joylashtirgan va uni "Chimkentdagi mana bunday kortejga nima deysiz?" deb izohlagan.