AsosiyJamiyat

​EWHA WOMANS UNIVERSITY GOSPITALI ShIFOKORLARI VODIY AHOLISINI ChUQURLAShTIRILGAN TIBBIY KO`RIKDAN O`TKAZIShADI

'​EWHA WOMANS UNIVERSITY GOSPITALI ShIFOKORLARI VODIY AHOLISINI ChUQURLAShTIRILGAN TIBBIY KO`RIKDAN O`TKAZIShADI'ning rasmi

Joriy yilning 6-13 avgust kunlari Koreya Respublikasining Ewha Womans University gospitali malakali shifokorlari yurtimizga tashrif buyurishadi. Mazkur tashrif “Sog`lom avlod uchun” fondining 2014 yildan boshlab Koreya Respublikasining Ewha Womans University gospitali bilan hamkorligi samarasi o`laroq tashkil etilmoqda.

Ular Andijon viloyatida 8-11 avgust kunlari viloyat ko`ptarmoqli tibbiyot markazida Farg`ona vodiysi (Farg`ona, Andijon va Namangan viloyatlari) aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko`rikdan o`tkazishadi va xorijiy professorlar tomonidan Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari va magistrlari uchun leksiyalar tashkil etishadi.

Shifokorlar guruhi 30 nafar professor-nefrolog, professor-otolaringolog, professor-ortoped, pediatr, ginekolog, ortoped, psixolog, stomatolog, laborant, farmasevt, tibbiyot hamshiralari, laborant-texnolog, tibbiyot xodimlaridan iborat.

Shuningdek Koreyalik mutaxassislar Andijon davlat tibbiyot instituti faoliyati bilan yaqindan tanishishib, tibbiyot sohasidagi bilimlarini chuqurlashtirish maqsadida o`zaro fikrlar almashishadi.

Tibbiy ko`rikdan o`tganlarga xorijlik mutaxassislar o`zlari bilan olib kelgan dori-darmon va sanitariya-gigeina vositalarini bemorlarga bepul tarqatishadi.

Ma`lumot o`rnida aytib o`tish mumkinki, Ewha Womans University shifokorlari tomonidan 2016 yilda Farg`ona, Andijon va Namangan viloyatlarida istiqomat qiluvchi jami 590 nafar aholini tibbiy ko`rikdan o`tkazishgan.

    Boshqa yangiliklar