AsosiyDunyo

​DONALD TRAMP GREEN CARD VIZA LOTEREYaSIDAN VOZ KEChIShNI TAKLIF QILDI

'​DONALD TRAMP GREEN CARD VIZA LOTEREYaSIDAN VOZ KEChIShNI TAKLIF QILDI'ning rasmi

AQSh prezidenti Donald Tramp Green Card lotereyasidan voz kechishni ko`zda tutuvchi The RAISE qonun loyihasini taqdim etdi.

Bu haqda "RBK" xabar bermoqda.

Mazkur qonun loyihasini Tramp "yarim asr ichida immigrasiya tizimidagi eng katta islohotlardan biri" deb atadi. Qonun loyihasini tayyorlashda senatorlar Devid Perdyu va Tom Kotton qatnashdi.

Qonun loyihasi Green Card lotereyasi o`rniga «musobaqa prosessi»ni joriy etishni taklif qilmoqda, unda o`zini va oilasini moliyaviy ta`minlay oladigan hamda «Amerika iqtisodiyoti uchun zarur kasbiy ko`nikmalarga ega bo`lgan» ingliz tilida so`zlashuvchi muhojirlar istiqomat uchun guvohnomani qo`lga kiritish uchun kattaroq imkoniyatga ega bo`ladi.

"Turli millatdagi immigrantlar uchun vizalar dasturi bo`yicha immigrasiya" dasturi AQShda 1990 yildan buyon amal qiladi. Har yili Green Card lotereyasining 50 ming nafar g`olibi aniqlanadi, ular AQShda istiqomat uchun guvohnomaga va ishlash uchun ruxsatnomaga ega bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar