Dubayda dunyoning eng baland binolaridan biri bo`lgan, 79 qavatli The Torch osmono`par binosi yondi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Nashrning xabar berishicha, binoning to`qqizinchi qavatida yong`in chiqib, yuqori qavatlarga tarqalgan. Guvohlar suratga tushirib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan videolardan binoning yuqori qismiga o`rmalayotgan olovni ko`rish mumkin.
Bino 2015 yilda ham katta yong`in qurboniga aylangan edi. The Torch’ning balandligi 348 metr bo`lib, dunyoda eng baland binolar ro`yxatidagi beshinchi o`rinda turadi. The Torch Dubayning xorijliklarning elita qatlamiga mansub aholi istiqomat qiluvchi qismida qad rostlagan. Binoning 50 qavatidan chiqqan yong`in kuchli shamol oqibatida o`n qavat yuqoriga ko`tarildi. Nafaqat olovni o`chirish, balki erib ketgan oynalardan oqayotgan tomchilarni to`xtatish, bino vayronalarini tozalashga to`g`ri keldi.
Mazkur binoda yashovchi odamlar evakuasiya qilindi.






