O`zbekistonning Qirg`izistondagi elchixonasi axboroti.
Qirg`iziston Respublikasi Issiqko`l viloyatida yuz bergan yo`l-transport hodisasida o`zbekistonlik fuqarolar jabrlandi. Bu haqda TIV rasmiy sayti ma`lum qildi.
O`zbekistonning Bishkek shahridagi Elchixonasining dastlabki ma`lumotlariga ko`ra, 2017 yilning 3 avgust kuni Qirg`iziston Respublikasi Issiqko`l viloyatining Qizil O`ruk qishlog`ida sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasi oqibatida quyidagi O`zbekiston fuqarolari jarohat olgan:
1. Orlova Elena Aleksandrovna, 1976 yilda tug`ilgan;
2. Orlov Igor, 2006 yilda tug`ilgan;
3. Orlova Veronika, 2006 yilda tug`ilgan;
4. Li Yana Andreevna, 2004 yilda tug`ilgan;
5. Xan Janna Mixaylovna, 1969 yilda tug`ilgan;
6. Obedkova Lyudmila Aleksandrovna, 1952 yilda tug`ilgan.
Jarohatlanganlarga zarur yordam ko`rsatish uchun Elchixonaning konsullik bo`limi vakili mazkur viloyatga etib bordi.