Gavaya orolidagi Mauna-Kea tog`i cho`qqisini koinotdan tushgan chaqmoq urdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
G`aroyib hodisani mahalliy observatoriya olimlari videoga oldi.
Ulkan chaqmoq o`ziga xos bo`lmagan sakson kilometr balandlikka kelib urilgan. Mutaxassislarning fikricha, bunday moviy chaqmoqni balandlikda uchratish qiyin, ular asosan pastlikda ro`y bergan.
Tadqiqotchilar mazkur hodisa aks etgan videoni o`rganishar ekan, uni tomosha qilgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bunday go`zal hodisa aks etgan videoga layk bosish bilan band bo`lishdi. Insonni hayratga soluvchi mazkur video Internetda mashhur bo`ldi.






