Issiqko`lda sodir bo`lgan YTH oqibatida jarohatlangan o`zbekistonliklar maxsus reys bilan Toshkentga keltirildi.
2017 yilning 5 avgust kuni Issiqko`l viloyati Qizil O`ruk qishlog`i yaqinida 3 avgust kuni yo`l-transport hodisasi oqibatida jarohatlangan O`zbekistonning 6 nafar fuqarosi maxsus aviareysda o`zbek vrachlari hamrohligida Qizg`izistondan Toshkentdagi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga keltirildi.
O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Qirg`izistonning respublika va mahalliy hokimiyat organllari, tibbiyot muassasalari vakillariga O`zbekiston fuqarolariga tibbiy yordam ko`rsatilgani hamda Tomchi shahar aeroportiga O`zbekiston samolyotini uchishi va qaytishi masalalarini hal qilingani uchun minnatdorchilik bildiradi.