AsosiyDunyo

​G`ARB OAVLARI VLADIMIR PUTINNING BALIQ OVIDAGI SURATLARINI MUHOKAMA QILMOQDA

'​G`ARB OAVLARI VLADIMIR PUTINNING BALIQ OVIDAGI SURATLARINI MUHOKAMA QILMOQDA'ning rasmi

G`arb OAVlari Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Sibirdagi baliq ovi paytida tushgan suratlarini muhokama qilmoqda, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Daily Mail nashrining taxminicha, Rossiya prezidenti o`zining dam olishini namoyish qilish bilan mamlakat ahlini Rossiya bo`ylab sayohat qilishga undamoqchi bo`lgan.

Time nashri esa kadrlarda Vladimir Putin xatarli sarguzashtlarni sevuvchi sportchi qiyofasida namoyon bo`lganligini yozgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin kichik mehnat ta`tili (1-3 avgust) davomida o`zining a`lo darajadagi jismoniy ko`rinishini namoyon qildi.

Payshanba va juma kunlari Vladimir Putin Uzoq Sharqqa tashrif buyurdi. U safar davomida Sibirda to`xtab, ikki kun dam oldi. Rossiya prezidenti Sibirda ov qildi, baliq tutdi, cho`milib, quyoshda toblandi.

    Boshqa yangiliklar