AsosiySport

“BAVARIYa” GERMANIYa SUPERKUBOGINI QO`LGA KIRITDI (VIDEO)

'“BAVARIYa” GERMANIYa SUPERKUBOGINI QO`LGA KIRITDI (VIDEO)'ning rasmi

Germaniyaning Dortmund shahrida joylashgan “Signal Iduna Park” stadionida Germaniya Superkubogi uchun o`yin bo`lib o`tdi. Unda mamlakatning amaldagi chempioni “Bavariya” o`tgan mavsum Germaniya kubogini qo`lga kiritgan “Borussiya Dortmund”ga qarshi bahs olib bordi.

Qiziqarli tarzda kechgan bahsning asosiy va qo`shimcha vaqtida 2:2 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa omad myunxenliklarga kulib boqdi 6 marta Germaniya Superkubogini qo`lga kiritdi.

Borussiya D – Bavariya 2:2 (1:1)

Penaltilar seriyasi – 4:5

Gollar: 1:0 – 12 Pulishich, 1:1 – 18 Levandovski, 2:1 – 71, penalti Obameyang, 2:2 – 88, avtogol Byurki.

Borussiya D – Byurki, Papastatopulos, Zagadu (Passlak, 77), Pishchek, Bartra, Daud (Rode, 46), Shaxin, Dembele, Kastro, Pulishich (Filipp, 90),Obameyang.

Bavariya – Ulrayx, Martines (Zyule, 60), Xummels, Rafinya, Tolisso (Sanshesh, 84), Kimmix, Vidal, Rudi, Riberi, Myuller (Koman, 67),Levandovski.

Ogohlantirishlar: Papastatopulos (17), Zagadu (53), Levandovski (69), Vidal (74), Rode (86), Passlak (90).

Boshqa yangiliklar