Angliya Superkubogi uchun bahsda «Arsenal» «Chelsi»ni mag`lub etdi. Londondagi «Uembli» stadionida kechgan uchrashuvning asosiy vaqtida kuchlar teng keldi — 1:1, o`yindan keyingi penaltilar seriyasida «kanonirlar» omadli chiqdi — 4:1.
O`yinning 46-daqiqasida Viktor Mozes «Chelsi» Gari Kexillning pasidan keyin hisobni ochgandi. 80-daqiqada Pedro Rodriges Muhammad El-Nennining oyog`iga tashlangach, to`g`ridan-to`g`ri qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. «Arsenal» jarimadan unumli foydalandi — jamoaning yangi himoyachisi Sead Kolashinas Granita Chaka uzatgan to`pni boshi bilan darvozaga yo`lladi. O`yin oxirigacha shu hisob saqlanib qoldi.
O`yindan keyingi penaltilar seriyasida, Tibo Kurtua va Alvaro Morata xato qilishi tufayli, «kanonirlar» 4:1 hisobida g`alaba qozondi.
«Arsenal» endilikda 15-marta Superkubok yutib olmoqda. «Chelsi» hisobida bu turnirdagi 4 g`alaba mavjud. Eng ko`p marta Superkubokka ega chiqqan jamoa «Manchester Yunayted» hisoblanadi — 21.
Arsenal – Chelsi 1:1 (0:0, 1:1, 0:0, 0:0)
Gollar: 0:1 – 46 Mozes, 1:1 – 82 Kolashinas.
Penaltilar seriyasi - 4:1
Arsenal – Chex, Mertesaker (Kolashinas, 32), Monreal, Bellerin, Holding, El-Nenni, Oksleyd-Chemberlen, Chaka, Ivobi (Uolkott, 67), Uelbek (Nelson, 87), Lyakazett (Jiru, 66).
Chelsi – Kurtua, Aspilikueta, David Luiz, Keyxill, Mozes, Villian (Musonda, 82), Fabregas, Pedro, Kante, Alonso (Ryudiger, 79), Batshuayi (Morata, 74).
Ogohlantirishlar: Aspilikueta (13), Bellerin (15), Alonso (35), Villian (37).
Chetlatish: Pedro (80).