AsosiyDunyo

​YaPONIYaDA XIROSIMA QURBONLARI XOTIRLANDI

'​YaPONIYaDA XIROSIMA QURBONLARI XOTIRLANDI'ning rasmi

Kecha, 6 avgust kuni Yaponiyaning Xirosima shahrida bundan 72 yil ilgari sodir etilgan atom bombardirovkasi qurbonlarini xotirlash marosimi bo`lib o`tdi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Amerikaning V-29 Enola Gay bombardimoni bundan 72 yil ilgari Xirosima shahriga “Kichkintoy” nomli atom bombasini tashlagan edi.

1945 yilning avgust oyida amerikalik uchuvchilar Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga atom bombasini tashladi. Atom bombasi portlashi tufayli Xirosima shahrining 350 ming aholisidan 140 ming kishi, Nagasakida esa 74 ming kishi halok bo`lgan. Ularning aksariyat qismi tinch aholi edi.

Kecha bo`lib o`tgan xotira marosimi Tinchlik xiyobonida mahalliy vaqt bilan 08:00 da boshlandi. Xirosima ustidan 600 metr balandlikda, 18 kilotonnali atom bomba portlagan soat 08:15 da bir daqiqa sukut saqlandi.

Xalqaro hamjamiyat tomonidan yadro quroliga qarshi kurash Butunjahon kuni deb nishonlanadigan Xirosimadagi xotira marosimida Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe, Xirosima shahar meri Kadzumi Masui,Yaponiya hukumati vakillari va 80 xorij davlati diplomatlari ishtirok etdi.

    Boshqa yangiliklar