Germaniyalik taniqli avtopoygachi, uch yo`nalish bo`yicha Ginnes rekordchisi Rayner Sitlou ayni paytda poytaxtimizda ekanligi haqida xabar berdi Uzbekistan.
U Venesiya-Shanxay yo`nalishi bo`ylab sayohat qilyapti. Rayner, shu bilan birga, “Buyuk ipak yo`li” deb nomlangan, 12,5 kilometrlik yo`nalishni tez bosib o`tish bo`yicha yangi rekord o`rnatish niyatida.
Sitlou bugun Germaniyaning mamlakatimizdagi elchixonasida bo`lib o`tgan matbuot anjumanida ishtirok etib, O`zbekiston haqida o`zining iliq fikrlarini bildirgan. U muxbirlarimizga bergan intervyusida Samarqand — Buyuk ipak yo`lining yuragi ekanini ta`kidlagan.






