AsosiyJamiyat

​OTMLARNING BOShLANG`ICh TA`LIM YO`NALIShIDA SIRTQI BO`LIMLAR OChILDI

'​OTMLARNING BOShLANG`ICh TA`LIM YO`NALIShIDA SIRTQI BO`LIMLAR OChILDI'ning rasmi

Bugun, 7 avgust kuni "Barkamol avlod" respublika bolalar badiiy ijodiyot markazida maktab o`quv qurollari, adabiyotlar, bolalar kiyim-kechaklari hamda poyabzallar Respublika ko`rgazmasi o`tkazildi. Ko`rgazmada mahalliy ishlab chiqaruvchilar, maktab yarmarkasini tashkil etishga mas`ul idoralar mutaxassislari, OAV vakillari vakengjamoatchilikishtirok etdi.

Tadbir doirasida matbuot anjumani bo`lib o`tdi. Unda O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vaziri Ulug`bek Inoyatov nutq so`zladi.

Xalq ta`limi vaziri o`z nutqida umumta`lim maktablarida 2017-2018 o`quv yilida joriy etilayotgan yangiliklar va dasrliklar bilan ta`minlash borasidagi olib borilayotgan ishlar haqida ma`lumot berdi. Shuningdek, boshlang`ich ta`lim sifati samaradorligini va unda ta`lim berayotgan o`rta-maxsus ma`lumotga ega bo`lgan pedagog xodimlar malakasini yanada oshirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan joriy yildan OTMlarning boshlang`ich ta`lim yo`nalishlarida maxsus sirtqi bo`limlar ochilgani haqida ma`lum qilindi.

    Boshqa yangiliklar