Samolyot va avtomobil to`qnashuvi oqibatida bir kishi jabrlandi, deb xabar berdi Tjournal.ru nashri.
Chechenistonning Shyolkov tumanida engil motorli samolyot trassasada turgan avtomobil bilan to`qnashdi. Mazkur voqea aks etgan videoni Tvitter foydalanuvchisi Magomed Edilsultonov o`z sahifasiga joylashtirdi. Uning ma`lum qilishicha, hodisa Chervlennaya stansiyasi yaqinida ro`y bergan.
Nashrning xabar berishicha, to`qnashuv oqibatida samolyot uchuvchisi engil jarohatlangan. Samolyot parvozni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshira olmay, avtomobilga kelib urilgan. Shoshilinch xizmatlar bergan ma`lumotga ko`ra, samolyot uchuvchisining parvoz qilishga ruxsatnomasi bo`lmagan.






