Avval xabar berganimizdek, 2017 yilning 3 avgust kuni Qirg`iziston Respublikasining«Issiqqo`l - Bishkek» avtomobil yo`lida sodir bo`lgan yo`l transport hodisasi natijasida 6nafar O`zbekiston Respublikasi fuqarolari turli darajadagi tan jarohatlari olishgan edi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig`iga asosan 5 avgust kuni Mudofaa vazirligining maxsus harbiy samolyoti Toshkent shahridan uchib Qirg`iziston Respublikasi Issiqko`l viloyatining Tamchi shahridan jabrlangan fuqarolarimizni poytaxtimizga olib keldi. So`ngra jabrlanganlar Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markaziga joylashtrildi hamda ular kompyuter tomografiyasi, rentgen, UZI, laboratoriya tekshiruvlaridan o`tkazilib, malakali shifokorlar ko`rigidan o`tkazildi.
Hozirgi vaqtda jabrlanganlarning ahvoli quyidagicha:
2006 y.t. Orlov Igor Sergeevich, opresiya qilingan va palataga o`tkazilgan, ahvoli yaxshilanmoqda.
2006 y.t. Orlova Veronika Sergeevna, malakali tibbiy yordam ko`rsatilgan va palataga o`tkazilgan, ahvoli yaxshilanmoqda.
1976 y.t. Orlova Elena Aleksandrovna malakali tibbiy yordam ko`rsatilgan va palataga o`tkazilgan, ahvoli yaxshilanmoqda.
1952 y.t. Ob`edkova Lyudmila Aleksandrovna, malakali tibbiy yordam ko`rsatilgan va palataga o`tkazilgan, ahvoli yaxshilanmoqda.
1969 y.t. Xan Janna Mixaylovna, malakali tibbiy yordam ko`rsatilgan va palataga o`tkazilgan, ahvoli yaxshilanmoqda.
2004 y.t. Li Yana Andreevna, malakali tibbiy yordam ko`rsatilgan va ahvoli yaxshi bo`lganligi uchun uyiga javob berilgan.