AsosiyJamiyat

​TOShKENTDA O`Z XONADONIDA BANGIXONA SAQLAGAN AYoL QO`LGA OLINDI

'​TOShKENTDA O`Z XONADONIDA BANGIXONA SAQLAGAN AYoL QO`LGA OLINDI'ning rasmi

2017 yilning 4 avgust kuni, ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan Yakkasaroy tumani hududida o`tkazilgan “Qora Dori-2017” tadbiri davomida, fuqaro Abdullaeva Dilafruz Yunusovna, o`zining xonadonida giyohvandlik vositalarini iste`mol qilish uchun bangixona saqlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida ichida 0,05 gramm “Marixuana” giyohvandlik vositasi qoldiq ishlari bo`lgan 6 dona plastik idishlar rasmiylashtirib olingan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda..

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 4-qismi (giyohvandlik vositalarini iste`mol qilish uchun bangixona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo`zg`atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar