AsosiyJamiyat

ShAHRISABZ TUMANIDA “FOHIShALIK” BILAN ShUG`ULLANAYoTGAN OPA-SINGILLAR UShLANDI

'ShAHRISABZ TUMANIDA  “FOHIShALIK” BILAN ShUG`ULLANAYoTGAN OPA-SINGILLAR UShLANDI'ning rasmi

Joriy yilning 7 avgust kuni Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz tuman IIBda o`tkazilayotgan “Tozalash” tadbirida profilaktika inspektorlari tomonidan “fohishalik” bilan shug`ullanayotgan opa-singillar ushlandi.

Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Shaxrisabz tumani Chorshanbe qishlog`ida yashovchi 1980 yilda tug`ilgan fuqaro R.Z. hamda Qorapoycha qishlog`ida yashovchi 1975 yilda tug`ilgan R.M.lar Shahrisabz tumani Yangihayot qishlog`ida yashovchi fuqarolar R.J. va Sh.A.lar bilan 30.000 (o`ttiz ming) so`mdan pul evaziga jinsiy aloqada bo`layotganligi aniqlandi.

Fuqarolar R.Z. va R.M.larga nisbatan MJtKning 190-moddasi 1-qismiga asosan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to`plangan hujjatlar qonuniy chora ko`rishlik uchun Jinoyat ishlari bo`yicha Kitob tumani sudiga yuborildi.

    Boshqa yangiliklar