1

​ShAYXONTOHUR TUMANIDAGI PIYoDALAR YO`LAGIDA 6.000 AQSh DOLLARNI O`MARGAN ShAXSLAR QO`LGA OLINDI​

Jinoyat 10.08.2017, 12:34
​ShAYXONTOHUR TUMANIDAGI PIYoDALAR YO`LAGIDA 6.000 AQSh DOLLARNI O`MARGAN ShAXSLAR QO`LGA OLINDI​
2017 yilning 4 avgust kuni taxminan soat 21:00 larda, Aydarov Pulat Jumabaevich, Radjabova Muxtaram Qaxramon qizi, Ergashev Sanjarbek Furqat o`g`li va voyaga etmagan Akbaraliev Javoxir Umid o`g`li, o`zganing mulkini ochiqdan-ochiq ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Shayxontohur tumanidagi piyodalari yo`lagida bo`la turib, fuqaro Maksudov Maxkamjon Xusanovichning sog`ligi uchun xavfli bo`lmagan zo`rlik ishlatib, unga tegishli bo`lgan 6.000 AQSh dollari miqdoridagi pullari va boshqa mulkini egallab olishgan.

IIBB axborot xizmati xabariga ko`ra, mazkur holat yuzasidan, Shayxontohur tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 2-qismi «a,v» bandlari (talonchilik, ya`ni sog`liq uchun xavfli bo`lmagan zo`rlik ishlatib, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, o`zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1