Toshkent shahar Yakkasaroy tuman IIBda o`tkazilayotgan “Tozalash” tadbirida profilaktika inspektorlari tomonidan qo`shmachilik bilan shug`ullangan erkak qo`lga olindi.
Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.
9 avgust kuni soat 22:00da, KXAY ko`chasi 2A uyda joylashgan «Shahrisabz Tabaka» kafesi oldida, 1993 y.t., Mirobod tumani, Nukus ko`chasida yashovchi E.A. 40.000 so`m pul evaziga, 1995 y.t. Olmazor tumani Zarqaynar ko`chasida yashovchi A.I. va 1990 y.t. Toshkent viloyati Oqqo`rg`on tumani "Eltamgali" mahallasida yashovchi M.N.larga jinsiy aloqa qilishlari uchun qo`shmachilik qilganligi aniqlandi. Daliliy ashyo sifatida 40.000 so`m pul olingan.
Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIB tomonidan fuqaro E.A.ga nisbatan O`zR JKning 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.