Ijtimoiy tarmoqlarda avtoturargohning ettinchi qavatidan qulab, pastdagi mashinani bosib qolishiga bir bahya qolgan avtomashina aks etgan videorolik tarqaldi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Voqea Texas shtatining Ostin shahrida ro`y berdi. Kuzatuv kamerasi avtomobilning perpendikulyar ravishda asfaltga qulaganini videoga olgan. Bu paytda pastda turgan mashina egasi xuddi sezgandek, oldinga siljib, falokatdan omon qoldi.
Nashrning xabar berishicha, avtomashina rulida bo`lgan ayol tirik qolgan va ayni paytda kasalxonada davolanmoqda. Baxtsiz hodisaga haydovchining pedalni adashib bosgani sabab bo`lgan.