Joriy yilning 10 avgust kuni taxminan soat 13:30 larda Djumataev Raimjon o`zganing mulkini ochiqdan-ochiq ravishda talon-taroj qilish maqsadida, Mirobod tumani hududida, fuqaro Egamberdiev Nodirbekka zo`rlik ishlatib, unga tegishli bo`lgan 1.750.000 so`m va 400 AQSh dollari miqdoridagi pullarini egallab olgan.
Mazkur holat yuzasidan, Mirobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 2-qismi «a» bandi (talonchilik, ya`ni sog`liq uchun xavfli bo`lmagan zo`rlik ishlatib, o`zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-taroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Toshkent shahar IIBBning xabar berishicha, hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.