POYTAXT AEROPORTIDA SALKAM 20 KG. TILLA VA ZARGARLIK BUYuMLARINING NOKONUNIY OLIB O`TILIShIGA ChEK QO`YILDI

Jinoyat 15.08.2017, 12:10
 POYTAXT AEROPORTIDA SALKAM 20 KG. TILLA VA ZARGARLIK BUYuMLARINING NOKONUNIY OLIB O`TILIShIGA ChEK QO`YILDI

Amaldagi tartiblarga muvofiq, bojxona chegaralarini kesib o`tayotgan jismoniy shaxslar o`zlari bilan olib o`tayotgan har qanday ko`rinishdagi va holatdagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarning miqdori haqida yo`lovchi bojxona deklarasiyasida va bojxona xodimining og`zaki so`rovlari paytida ma`lum qilishlari shart.

Afsuski, mazkur talablarga rioya qilmay tilla va zargarlik buyumlarini yashirin yo`llar bilan olib kirishga urinishlar ham ko`zga tashlanmoqda.

Yaqinda “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari mazkur tartiblarni buzishga uringan shaxslar qilmishlarini fosh qilishdi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Bokudan uchib kelgan fuqaro G.Kazakova bojxona ko`rigidan o`tkazilganda, 5 juft zirak, 3 dona uzuk va boshqa zargarlik buyumlarini bagajidagi kiyimlarning ichki astariga qadab qo`ygancha olib kirishga uringan paytda to`xtatib qolindi. Yo`lovchi bojxona deklarasiyasida va bojxona xodimlarining og`zaki so`rovi paytida ma`lum qilinmagan ushbu tilla taqinchoklarning umumiy og`irligi 52 gr.ni tashkil qildi.

“Istanbul-Toshkent” reysi bo`yicha parvozini yakunlagan fuqaro X.Jamalitdinovaning bezovtalanishi bojxonachilarda shubha uyg`otdi. Xolislar ishtirokida shaxsiy ko`rikdan o`tkazilganda, ushbu ayol jinsiy a`zosiga 107 gr. og`irlikdagi zargarlik buyumlarini yashirgani aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom ettirilayotgani haqida “Toshkent-Aero” IBK axborot xizmati ma`lum qildi.

Ta`kidlash joizki, “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari tomonidan hukukni muhofaza qiluvchi boshka idoralar vakillari bilan hamkorlikda 2017 yilning o`tgan 7 oyi davomida aniqlangan 89 ta bojxona koidabuzarliklari natijasida qiymati 1,3 mlrd. so`mdan ortiq salkam 20 kg. og`irlikdagi tilla va zargarlik buyumlarining nokonuniy olib o`tilishiga chek qo`yilgan.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi xududiga jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni aksiz solig`i solinmasdan olib kirishning ruxsat etilgan me`yorlariga muvofiq umumiy og`irligi 30 grammdan ortiq bo`lmagan qimmatbaho toshlar va kimmatbaho metaldan tayyorlangan 5 donagacha zargarlik buyumlarini olib kirishga ruxsat etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1