AsosiyJamiyat

QAShQADARYoDA GAZ TAShUVChI AVTOMOBIL PORTLAB KETDI

'QAShQADARYoDA GAZ TAShUVChI AVTOMOBIL PORTLAB KETDI'ning rasmi
Qarshi-Beshkent yo`lida “O`ztransgaz” AKga qarashli avtoturargohdagi gaz tashish avtomobilida yuzaga kelgan texnik nosozlik tufayli mashina portlab ketgani haqida xabar berdi FVV axborot xizmati.

Joriy yilning 15 avgust kuni tahminan soat 00:25 larda Qarshi tumanidagi «Janubgaz» AJ ga qarashli avtogaraj hududidagi «Qarshi-Beshkent» avtomobil yo`lining 6-7 km orasida «MAN» rusumli suyultirilgan gaz (propan) tashuvchi avtomobildan «ZIL-130» rusumli suyultirilgan gaz (propan) tashuvchi avtomobilga suyultirilgan gaz to`ldirish vaqtida chaqnash sodir bo`lgan. Natijada, «ZIL-130» rusumli yuk avtomobil haydovchisining yordamchisi tan jarohati olgan. Hozirda, jabrlangan fuqaro Qarshi shahridagi Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialiga yotqizilgan.

    Boshqa yangiliklar