AsosiySport
3747

“UCh MILLAT KUBOGI”: O`ZBEKISTON AYoLLAR TERMASI QIRG`IZISTONDAN USTUN KELDI

'“UCh MILLAT KUBOGI”: O`ZBEKISTON AYoLLAR TERMASI QIRG`IZISTONDAN USTUN KELDI 'ning rasmi

Qirg`iziston poytaxti Bishkek shahrida ayollar terma jamoalari o`rtasida “Uch millat kubogi” xalqaro turniri davom etmoqda.

Kecha, 17 avgust kuni O`zbekiston ayollar termasi musobaqa mezboni Qirg`izistonga qarshi bahs olib borib, 3:1 hisobida zafar quchdi. Lyudmila Karachikning dubli va Lianna Norbekovaning goli O`zbekistonga g`alaba keltirdi.

Eslatib o`tamiz, dastlabki turda Qozog`istonga qarshi maydonga tushgan O`zbekiston ayollar termasi 7:0 hisobida zafar quchgandi.

“Uch millat kubogi”
Bishkek, Qirg`iziston
17 avgust, payshanba

Qirg`iziston – O`zbekiston 1:3

Gollar: Ramina Soy (61) – Lianna Norbekova (19), Lyudmila Karachik (59, 70).

O`zbekiston: Laylo Tilavova, Xolida Dadaboeva (Nozima Kamoltoeva, 74), Iroda Turdalieva (Mavluda Munavvarova, 46), Maxfuza Turopova (Shahnoza Qurbonova, 83), Maxliyo Sarikova, Nilufar Qudratova, Maftuna Shoimova, Zumrad Nazarova, Lyudmila Karachik (Diyora Habibullaeva,79), Yulduz Nabieva (Nasiba Xojieva,74), Lianna Norbekova (Umida Zoirova, 59).

Jamoa

O`

G`

D

M

O

TN

1

O`zbekiston

2

2

0

0

6

+9

2

Qirg`iziston

2

1

0

1

3

+1

3

Qozog`iston

2

0

0

1

0

-10

Musobaqaning qolgan uchrashuvlari quyidagicha ko`rinish olgan:

18 avgust, juma
16:30 Qozog`iston – Qirg`iziston

19 avgust, shanba
16:30 O`zbekiston – Qozog`iston

20 avgust, yakshanba
16:30 O`zbekiston – Qirg`iziston

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar