O`zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi investisiya kiritish majburiyati bilan “nol” xarid qiymatida xususiylashtiriladigan davlat aktivlari bo`yicha ochiq tanlov savdolariga taklif etadi.
Tanlovda barcha yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el investorlari ham ishtirok etishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 maydagi 295-sonli Qarori bilan Respublika miqyosida investisiya majburiyatlari qabul qilish sharti bilan “nol” xarid qiymati bo`yicha tanlov asosida sotiladigan 243 ta davlat mulki ob`ektlari to`g`risidagi ma`lumotlarni O`zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasining rasmiy veb-saytlaridan - “gkk.uz”, “gkktorg.uz” olish mumkin.