O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi rahbariyatida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.“O`zbekiston” teleradiokanali direktori Xayrulla Nuriddinov Bahodir Yunusov o`rniga MTRK raisining birinchi o`rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda "O`zbekiston 24" telekanali sayti xabar bermoqda.
Shuningdek, MTRK raisining texnik masalalar bo`yicha o`rinbosari Shuhrat Rasulov o`rniga Nusrat Hikmatullaev tasdiqlandi.
Bundan tashqari, “O`zbekiston24” teleradiokanali direktori lavozimiga Ozod Hamidxo`jaev o`rniga Nodir To`laganov tayinlandi.