20.11.2013 18:20
Namangan hokimi viloyat aholisi bilan ochiq muloqot o`tkazadi
2009-2012 yillarda Namangan shahri infratuzilmasini yanada yaxshilash, obodonlashtirish, viloyatda sanoat salohiyatini oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlash maqsadida uchta xayotbaxsh dastur amaliyotga tadbiq etildi. Uch yilda viloyatda jami 201 ta loyiha amalga oshirilgan bo`lsa, uning 99 tasi nooziq-ovqat mahsulotlar ishlab chiqarishga yo`naltirilgan korxonalar tashkil etmoqda. Aynan ana shu 99 ta loyiha uchun salkam 74 milliard so`m mablag` sarf etilib, 2459 ta yangi ish o`rinlari yaratildi. Muloqotda shuningdek, yosh avlodni tarbiyalash, aholi bandligini ta`minlash, kasanachilikni rivojlantirish, kam ta`minlangan oilalar, yolg`iz, keksa fuqarolarga yordam ko`rsatish, aholini tabiiy gaz, elektr energiyasi, ichimlik suvi bilan ta`minlash, ko`cha va yo`llarning ravonligi, ko`p qavatli uylarni ta`mirlash va qish mavsumiga tayyorlash masalalari xususida ma`lumotlar berildi. Ochiq muloqot davomida viloyat hokimi va tegishli mutasaddi rahbarlar aholi savollariga javob qaytardi. Viloyat hokimi va aholi o`rtasidagi uchrashuvlar barcha tumanlarda 6 dekabrgacha bo`lib o`tadi.