AsosiyJamiyat

​ «MAXSUSTRANS» ChIQINDILARNI OLIB ChIQISh TARIFINI OShIRDI

'​ «MAXSUSTRANS» ChIQINDILARNI OLIB ChIQISh TARIFINI OShIRDI'ning rasmi
«Maxsustrans» Davlat ishlab chiqarish boshqarmasi, qattiq maishiy va suyuq holdagi chiqindilarni aholi, tashkilot va korxonalardan olib chiqib ketish tarifi 2017yilning 1 sentyabrdan oshganligi va quyidagi summani tashkil qilishini ma`lum qiladi:

1. Qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish – jismoniy shaxslardan: bir kishi uchun bir oyga - 3 500 so`m.

2. Qattiq holdagi chiqindilarni to`plash va olib ketish:

- byudjet tashkilotlaridan 1 m3 uchun 41 989,50 so`m

- xo`jalik hisobidagi tashkilotlardan 1m3 uchun –41 989,50 so`m.

3. Suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish:

- byudjet tashkilotlaridan 1 tonnasiga –15 690,97 so`m

- xo`jalik hisobidagi tashkilotlardan 1 tonnasiga –15 690,97 so`m.

4. HD-310 rusumli avtomobillarda chiqindilarni qayta yuklash stansiyalaridan (Yashnobod, Yakkasaroy va Yunusobod ChQYuSh) Oxangaron chiqindi xonasigacha olib borish 1 tonnasi uchun – 11 678,92 sum.

    Boshqa yangiliklar