1

O`zbekiston Gonkong ustidan g`alaba qozondi va OK-2015 yo`llanmasini qo`lga kiritdi

Sport 20.11.2013, 18:32
O`zbekiston Gonkong ustidan g`alaba qozondi va OK-2015 yo`llanmasini qo`lga kiritdi
O`zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi saralashida Gonkongga qarshi safarda maydonga tushdi va g`alabaga erishdi. Ushbu g`alaba O`zbekiston terma jamoasiga Osiyo Kubogi yo`llanmasini naqd qilishi uchun etarli bo`ldi.

Uchrashuvda Mirjalol Qosimov shogirdlari tashabbusga ega bo`lsalarda, birinchi bo`limda hisobni ocha olmadilar, deya xabar beradi [url=http://www.uff.uz/]uff.uz. Bo`limning eng e`tiborli voqeasi esa, 45 daqiqada bo`ldi. Yo`q, yo`q, terma jamoamiz gol ura olmadi, shunchaki o`sha daqiqada Sardor Rashidovga nisbatan qo`pollik ishlatgan Cheun Kin Fung qizil kartochka olib, maydondan chiqarib yuborildi. Xuddi birinchi uchrashuvda bo`lgani singari bunisida ham gonkongliklar bir kishi kam bo`lib qoldilar. 

Shundoq ham himoyada o`ynayotgan va to`pga 27 foiz holatdagiga egalik qilib turgan raqib bir kishi kam bo`lib qolgach ikkinchi bo`limda tamoman himoyaga yotib oldi. Terma jamoamiz futbolchilari tomonidan paydar-pay tepib turilgan to`plar esa darvozabonga kamdan kam holatlardagina etib bordi, barcha zarbalar yo`liga Gonkong himoyachilari qalqon bo`lardilar. Aksincha, kutilmaganda 81 daqiqada gonkongliklar gol urib qo`yishlari ham mumkin edi. Yaxshi hamki Eldorbek Suyunov sovuqqonlik bilan harakat qildi va o`ta xavfli vaziyatda jamoamizni qutqarib qoldi.

Aftidan bu vaziyat terma jamoamiz futbolchilari uchun ogohlik qo`ng`irog`i bo`lib xizmat qildi. Nihoyat 83 daqiqada Gonkong darvozasiga gol kiritildi. Islom To`xtaxo`jaev himoyada o`ynagan bo`lsada, oxirgi vaqtlardagi ampluasi  hujumchiligi yodiga tushib qoldi chog`i, jarima maydonchasiga yorib kirdi. Bu vaziyatda Vohid Shodiev qulayroq vaziyatda turgandi va so`nggi zarbani berishga qaror qildi. Natijada hisob 1:0.

Shundan so`ng ham futbolchilarimizda bir qator imkoniyatlar bo`ldi. Ammo faqat 89 daqiqaga kelib Odil Ahmedov gol kiritishga muvaffaq bo`ldi, 2:0. Osiyo kubogi-2015 saralashi

Gonkong - O`zbekiston — 0:2

Gollar: Voxid Shodiev (83), Odil Ahmedov (89).

Gonkong: Yapp Xun Fai, Li Chi Xo, Bae Xi, Chan Siu Ki (Jeyms Makki, 80), Lam Ka Vai, Lo Kvan Ye, Cheun Kin Fung, Naedelin Endi Xannes, Leun Chun Pong, Chan Man Fai (Chu Ing Ji, 72), Kvok Kin Pong.

O`zbekiston: Eldor Suyunov, Anzur Ismoilov, Islom To`xtaxo`jaev, Davron Xoshimov (Baxodir Nasimov, 46), Vitaliy Denisov, Aziz Haydarov, Odil Ahmedov, Jamshid Iskandarov (Shavkat Salomov, 75), Sardor Rashidov, Vohid Shodiev, Igor Sergeev (Server Jeparov, 81)

Chetlatish: Cheun Kin Fung 45.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1