AsosiyJamiyat

QAMChIQDA 4 TA AVTOMOBIL IShTIROKIDA YTH SODIR BO`LDI

'QAMChIQDA 4 TA AVTOMOBIL IShTIROKIDA YTH SODIR BO`LDI'ning rasmi

2017 yil 18 avgust kuni soat 2200 larda «Qamchiq» qidiruv-qutqaruv otryadi navbatchi dispetcheri tomonidan olingan ma`lumotga asosan, A-373 «Toshkent–O`sh» avtomobil yo`lining «Toshkent-Vodiy» yo`nalishi bo`yicha harakatlanib ketayotgan «ChAKMAN» rusumli yuk avtomashinasi qarama-qarshi yo`nalishga o`tib ketib, shu yo`nalishda kelayotgan «Isuzu» rusumli yuk mashinasi, «Damas» rusumli engil avtomobili va «Hyunday» rusumli avtosamasvali ishtirokida yo`l transport hodisasini yuzaga keltirdi. Mazkur holat o`z o`rnida avtotransportlar qatnovining to`xtab qolishiga sabab bo`ldi.

Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligixabar bermoqda.

Tezkor xabar olingach, «Qamchiq» qidiruv-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari voqea joyiga etib bordilar.

«Qamchiq» Maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi qidiruv-qutqaruv otryadining qutqaruvchilar guruhi, YXX xodimlari va tez yordam shifokorlari, qolaversa, yo`lovchilar tomonidan jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko`rsatilib, ular Pop tumani markaziy shifoxonasiga jo`natildi.

«Qamchiq» Maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasining qutqaruvchilari YXX xodimlari bilan hamkorlikda, ag`darilgan «ChAKMAN» va «Isuzu» yuk avtomashinalarini maxsus avtotexnikalar yordamida tik holatga keltirib, «Sherobod» yo`l-patrul maskanining jarima maydonchasiga evakuasiya qilishdi.

Tezkor olib borilgan tadbirlar natijasida, insonlar hayoti saqlanib qolindi, qolaversa, A-373 «Toshkent–O`sh» avtomobil yo`nalishidagi avtotransportlar qatnovi yo`lga qo`yildi.

    Boshqa yangiliklar