AsosiyJamiyat

​BEKOBODDA YaShOVChI NOChOR OILA HAYoTIDA TUB O`ZGARISh RO`Y BERADIGAN BO`LDI(FOTO)

'​BEKOBODDA YaShOVChI NOChOR OILA HAYoTIDA TUB O`ZGARISh RO`Y BERADIGAN BO`LDI(FOTO)'ning rasmi

Siz suratda ko`rib turgan bu odam – nogiron: bolaligida velosiped uchayotganda avtohalokatga uchragan. Bir oyog`i ishlamaganligi tufayli og`ir ish qila olmaydi. O`zi ham, turmush o`rtog`i ham ishsiz. Faqat xayr-saxovat va moddiy yordam evaziga kun kechiradi. Shu bois oilaning iqtisodiy-ijtimoiy sharoiti juda og`ir ahvolga kelib qolgan. Yordam bera oladigan yaqin qavm-qarindoshi ham yo`q. Uning yolg`iz umidi – Yaratgan in`om etgan egizak o`g`illari Hasan va Husandan.

Biroq ular hali yosh. Ro`zg`or esa g`or: hali u, hali bu etmaydi...

Kuni kecha Bekobod tumanida o`tkazilgan sayyor qabulda ko`plab insonlar qatori uning ham hayotida tub o`zgarish yuz berdi. Davlatimiz rahbari topshirig`iga asosan mutasaddilarning mahallama-mahalla, uyma-uy yurib o`rganishlar natijasida uning oilasiga Prezident nomidan 3 million so`m miqdorda moddiy yordam ko`rsatiladigan, oila boshi turmush o`rtog`i bilan o`z imkoniyatlariga mos doimiy ish bilan ta`minlanadigan, farzndlari davlat hisobidan bog`chaga joylashtiriladigan, mutasaddilar esa ularning uy-joyini to`liq ta`mirdan chiqarib, bir oila hayotdan rozi bo`lib yashaydigan sharoitni yaratib beradigan bo`ldi.

Manba: Facebook ijtimoiy tarmog`idagi"Xalq bilan muloqot" guruhi

    Boshqa yangiliklar