AsosiyJamiyat

BUXORODA YaNGI UYLARGA QO`ShIB, MEBEL, MUZLATKICh VA TELEVIZOR HAM SOVG`A QILINDI

'BUXORODA YaNGI UYLARGA QO`ShIB, MEBEL, MUZLATKICh VA TELEVIZOR HAM SOVG`A QILINDI'ning rasmi

Vatanimiz mustaqilligining 26 yillik bayrami arafasida Buxoro tumanidagi Rabotak qishlog`ida yangilangan loyihalar asosida barpo etilgan zamonaviy uy-joylar foydalanishga topshirildi, deb xabar bermoqda uzbekistan24.uz.

Keyingi yillarda Rabotak qishlog`i kengayib, tobora zamonaviy qiyofa kasb etmoqda. Eng ulug`, eng aziz bayramimiz arafasida bu erda yana 42 zamonaviy uy qurilib, foydalanishga topshirildi. Hovli to`yini nishonlaydiganlar orasida Prezident sovg`asi sifatida uy kalitini olgan 6 nafar ehtiyojmand oila vakillari va jismoniy imkoniyati cheklangan fuqaro ham bor.

Tadbirda yosh oilalarga Prezidentimiz sovg`asi sifatida yotoqxona mebeli, oshxona jihozlari, muzlatkich, televizor, changyutgich, kir yuvish mashinasi topshirildi.

Shu kuni Rabotakda ijtimoiy ko`makka muhtoj 15 nafar fuqaroga joriy yilda foydalanishga topshiriladigan uylarga egalik qilish huquqini beruvchi order berildi.

Yangilangan namunaviy loyihalar asosida viloyat qishloqlarida joriy yil oxiriga qadar yana 200 uy qurilib, 20 tasi ehtiyojmand oilalarga ajratilishini ta`kidlash kerak. Tadbirda ushbu fuqarolarga Prezident sovg`asi sifatida uyning boshlang`ich badali to`langani to`g`risida sertifikatlar topshirildi.

"O`zpaxtasanoat" aksiyadorlik jamiyati tomonidan uy-joyga muhtoj nogiron va mehnatga layoqati cheklangan 35 fuqaroga tikuv mashinasi berilib, kasanachilik shartnomasi asosida ishga joylashtirildi.

Boquvchisini yo`qotgan va kam ta`minlangan oilalar 26 nafar farzandining sunnat to`yi ham o`tkazib berildi. Bolajonlarga homiylar tomonidan sovg`a-salomlar topshirildi.

Tadbirda viloyat hokimi O`.Barnoev so`zga chiqdi.

    Boshqa yangiliklar