AsosiyJamiyat

​"ShARQ TARONALARI" KO`TARINKI RUHDA O`TMOQDA(FOTO)

'​"ShARQ TARONALARI" KO`TARINKI RUHDA O`TMOQDA(FOTO)'ning rasmi

Xabaringiz bor, 25 avgustdan e`tiboran Samarqand shahrida XI «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali o`tkazilmoqda.

Festival arafasida qadimiy Samarqandda keng ko`lamli obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Musiqa forumini har tomonlama yuqori saviyada o`tkazish yuzasidan Samarqand viloyat hokimligida ishchi guruhlari tashkil etilib, zarur chora-tadbirlar belgilangan.

Musiqa festivalining ikkinchi kuni Registon maydoniga yig`ilganlar Janubiy Koreya, Malayziya, Buyuk Britaniya, Amerika Qo`shma Shtatlari, Sloveniya, Slovakiya, Polsha, Ukraina, Isroil, Turkmaniston va Qirg`iziston san`atkorlarining go`zal kuy-qo`shiqlari, betakror raqslaridan bahramand bo`ldi.


"Mehnat ta`tiliga chiqishim bilan oilamni olib Samarqandga keldik. Sharq taronalarini tinglab, madaniy hordiq chiqarish imkoniga ega bo`lmoqdamiz, – deydi xorazmlik Rahmat Otaxo`jaev. – Dunyo musiqasi, madaniyati va san`ati bilan tanishmoqdamiz. Chet ellik mehmonlarning yuz-ko`zidagi mamnuniyatni ko`rib, shunday mamlakatda yashayotganimizdan faxrlanib ketdik".



Festival qatnashchilari viloyat bilan tuman va shaharlaridagi istirohat bog`larida, musiqa san`at maktablarida uchrashuvlar o`tkazilishi, konsert dasturlari namoyish etilishi an`anaga aylangan. Joriy yil ham bu kabi tadbirlarni yuqori saviyada o`tkazish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilmoqda.

Boshqa yangiliklar