1

ANDIJON VILOYaTIDA O`ZINI HUQUQNI MUHOFAZA KILUVChI IDORA XODIMI DEB TANIShTIRGAN TOVLAMAChI UShLANDI

Jinoyat 28.08.2017, 17:02
ANDIJON VILOYaTIDA O`ZINI HUQUQNI MUHOFAZA KILUVChI IDORA XODIMI DEB TANIShTIRGAN TOVLAMAChI UShLANDI

Oltinko`l tumanida yashovchi Ya.F. 2017 yil 11 avgust kuni qo`l telefonida “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog`i orqali o`zini Parpiev Bexruz deb atagan shaxs bilan tanishib qoldi. Oradan 11 kun o`tgach Bexruz bilan Andijon shahri, Bobur maydoni yonida uchrashishdi.

Kutilmaganda “Bexruz” Ya.F ning “Samsung” rusumli qo`l telefonini olib qo`yib, o`zini xukukni muxofaza kiluvchi idora xodimi ekanligini bildirdi. Ya.F.ning telefonidan 32 ta pornografik mazmundagi video tasvirlar chiqqanligini aytib, ushbu video tasvirlar uchun qonuniy chora ko`rishlik bilan qo`rqitadi. Noiloj qolgan Ya.F o`ziga nisbatan qonuniy chora ko`rilmasligi evaziga 100 AQSh dollar beradi.

Oradan bir necha kun o`tib Bexruz Ya.F.ga qo`ng`iroq qilib, 2017 yil 26 avgust kuniga qadar yana 200 AQSh dollari va 50.000 so`m miqdorida pulni talab qiladi. Agarda ushbu pullarni bermasa, mahallasiga borib oilasi va tanishlariga sharmanda qilib, qamatib yuborish bilan qo`rqitadi.

Uning arizasi yuzasidan 26 avgust kuni Andijon viloyati IIB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida Andijon shahri, Amir Temur shohko`chasida joylashgan “Avtoshohbekat”da “Bexruz” Ya.F.dan kimyoviy ishlov berilgan 200 AQSh dollari va 50.000 so`m miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ushlandi.

Olib borilgan surishtiruv xarakatlari davomida Parpiev Bexruz aslida, Andijon tumani, Serfayz ko`chasida yashovchi 1989 yilda tug`ilgan G.I. ekanligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan Andijon viloyati IIB tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1