AQSh Prezidenti Donald Tramp O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevga tabrik yo`lladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janoblari!
Sizni va O`zbekiston xalqini 1 sentyabr kuni nishonlanadigan mamlakatingiz mustaqilligining 26 yilligi bilan Amerika xalqi nomidan muborakbod etaman.
O`zbekiston milliy bayrami hamda Sizning davlat rahbari lavozimidagi faoliyatingizning birinchi yili yakunlanayotgani munosabati bilan mamlakatlarimiz o`rtasidagi hamkorlik va sheriklikni yanada mustahkamlash yo`lida qat`iy ekanimizni tasdiqlamoqchiman.
Biz Sizning rahnamoligingizda amalga oshirilayotgan mintaqada barqarorlikni ta`minlash, demokratik qadriyatlarni mustahkamlash va o`zaro manfaatli iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan izchil sa`y-harakatlarni qo`llab-quvvatlaymiz.
Sizga va butun O`zbekiston xalqiga ushbu qutlug` sanani shodu xurramlik bilan nishonlashni tilayman.
Hurmat bilan,
Donald Tramp,
Amerika Qo`shma Shtatlari Prezidenti