Yangi o`quv yili mamlakatimizdagi barcha umumta`lim maktablarida joriy yil 2 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan “Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston!” mavzusidagi “Mustaqillik darslari” hamda O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovga bag`ishlangan “Xotira darslari” bilan boshlanadi, deb xabar beradi Xalq ta`limi vazirligi axborot xizmati.
“Mustaqillik darslari”ni vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan taqdimot asosida tashkil etish, “Xotira darslari”da O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov hayoti va faoliyatiga bag`ishlangan hujjatli filmni namoyish etish tavsiya etiladi.