Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo`g`on Shavkat Mirziyoevni O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligi bilan muborakbod etdi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoev Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident janoblari!
Qadrli qardoshim!
Siz Janobi Oliylarini, Sizning timsolingizda butun o`zbek xalqini O`zbekistonning Milliy kuni munosabati bilan muborakbod etishdan bag`oyat baxtiyorman.
Diplomatik munosabatlarimiz o`rnatilganining 25 yilligiga to`g`ri kelgan 2017 yilda hamkorligimiz sezilarli darajada faollashdi. O`tgan yil noyabr oyida Samarqanddagi uchrashuvimiz bu jihatdan burilish nuqtasi bo`lib xizmat qildi va muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi muloqotlar orqali munosabatlarimiz barcha sohalarda jadal rivojlanmoqda. Ishonamanki, shu yil oktyabr oyida Sizning Turkiyaga amalga oshiradigan tashrifingiz bugungi kundagi munosabatlarimizni yangi bosqichga ko`tarishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalqlarimiz o`rtasidagi qadimiy do`stlik rishtalari mustahkam poydevor bo`lgan Turkiya – O`zbekiston munosabatlarini Siz Janobi Oliylari bilan birga yanada rivojlantirish tarix oldidagi mushtarak mas`uliyatimizdir.
Fursatdan foydalanib, Siz Janobi Oliylariga sihat-salomatlik, baxt-saodat, qardosh o`zbek xalqiga omonlik va farovonlik tilayman.
Rejep Tayyip Erdo`g`on,
Turkiya Respublikasi Prezidenti