O`zbekistondagi qo`shaloq bayramlar arafasida yana bir aholi salomatligi uchun o`zining ulkan hissasini qo`shadigan yangi korxona taqdimoti bo`lib o`tdi.
Shu munosabat bilan «Chortoq Mineral Water» kompaniyasi jurnalistlar uchun Namangan viloyatinging Chortoq dam olish hududida joylashgan mazkur zavodga matbuot-turi uyushtirildi.

Nafaqat O`zbekiston balki dunyoning boshqa nuqtalariga ham ma`lum va mashhur Chortoq suvi, endilikda, yangi yuqoritexnologik zavodda ishlab chiqariladi.
Mazkur zavod o`tgan yili qurib bitkazilgan bo`lib, u soatiga 4 ming dona 0,5-litrlik shisha idishni qadoqlash quvvati ega. Ushbu zavodning tashkil etilishi mahalliy 46 nafar aholining ish bilan ta`minlanishiga xizmat qildi.
Zavod rahbariyatining ma`lumot berishicha, erosti quduqdan qazib olingan mineral suvi faollashtirilgan ko`mir yordamida ikki marotaba tozalanadi, so`ngra turli aralashmalardan uch marotaba filtrasiyadan o`tkaziladi, ultrabinafsha nuralar orqali zararsizlantiriladi hamda uglerod ikki oksidi bilan boyitiladi. Shundan so`ng suv yashil rangli shisha idishlarga quyilib qadoqlanadi.
«Chortoq» - qariyb yarim asirlik tarixga ega mineral suv brendidir. Biz ushbu shifobaxsh suvni tozalash jarayonining har bir bosqichiga katta masu`liyat bilan qaraymiz. Ayni paytda idishning yangi dizayni yanada mukammal ko`rinishga ega: u yashil rangli va kuchli quyosh nurlari va boshqa tashqi salbiy ta`sirlardan himoyalangandir», - deb ta`kidladi Aleksey Tudakov, "Chortoq Mineral Water" kompaniyasi rahbari.

Ichimlik suvini olish maqsadida 507 metr chuqurlikda 32-raqamli quduq ochilgandi. Oddiy ichimlik suvi o`rniga subtermal (+30oS) xlorid-sulfat-natriy tarkibiga ega mineral suvi aniqlandi. Bu suv oshqozon-ichak tizimi, jigar, o`t pufagi yo`llari, oshqozonosti bezi hamda qandli diabet kabi xastaliklarni davolashda keng qo`llaniladi.
«Buncra BV» (Gollandiya) kompaniyasi va mahalliy ta`sischilarning sarmoyalari ko`magida topilgan mineral suv manba`i asosida zavod qo`rishga qaror qilindi. «Chortoq Mineral Water» MChJ KQsi mineral ichimlik suvini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yuqori talablarga javob beruvchi «JK Engineering Co., Ltd.» (J. Koreya) uskunalari bilan jihozlangan.
Matbuot-turi doirasida jurnalistlar suvni shisha idishlarga quyish, tozalash, filtrasiyadan o`tkazish va zararsizlantirish jarayonlarini ko`zdan kechirdilar.






