AsosiyJamiyat

​VATANIMIZ MUSTAQILLIGINING 26 YILLIGIGA BAG`IShLANGAN KO`RGAZMA OChILDI

'​VATANIMIZ MUSTAQILLIGINING 26 YILLIGIGA BAG`IShLANGAN KO`RGAZMA OChILDI'ning rasmi
O`zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko`rgazmalar zalida Vatanimiz mustaqilligining 26 yilligi va O`zbekiston Badiiy akademiyasining 20 yilligiga bag`ishlangan badiiy ko`rgazma ochildi. Bu haqda O`zA xabar berdi.


O`zbekiston Badiiy akademiyasi raisi o`rinbosari F.Toshmuhamedov, O`zbekiston xalq rassomi V.Burmakin va boshqalar istiqlol tufayli ijod ahli, xususan, musavvirlarga yaratilgan imkoniyatlar ularning sermahsul mehnat qilishida yuksak samaralar berayotgani hamda Badiiy akademiyaning tashkil etilishi shu soha xodimlari uchun professional mahorat maktabini rivojlantirish va kelajakda uni mustahkamlashda muhim omil bo`layotganini alohida ta`kidladi.

Ekspozisiyani tomosha qilar ekansiz, bugungi kunda faol ijod qilayotgan rassomlarning rangtasvir va grafika asarlari keng panoramada namoyish etilganiga guvoh bo`lasiz. Ular orasida S.Abdullaev, J.Umarbekov, A.Nur, V.Burmakin, A.Ikromjonov, S.Rahmetov, O.Olloberganov kabi musavvirlarning ishlari o`rin olgan.

Ko`rgazmaning retrospektiv bo`limi vafot etgan rassomlar – akademiklar ijodiga bag`ishlangan. Ularning turli janrlarda chizgan asarlaridagi voqelik, tasvirlar jozibasi barchani chuqur o`yga, fikrlashga undaydi.

    Boshqa yangiliklar