AsosiyJamiyat

YoZ DAVOMIDA TOShKENT VILOYaTIDA 40 KIShI SUVGA ChO`KIB O`LDI

'YoZ DAVOMIDA TOShKENT VILOYaTIDA 40 KIShI SUVGA ChO`KIB O`LDI'ning rasmi

Toshkent viloyati prokuraturasi matbuot xizmati yoz davomida viloyat hududida ro`y bergan baxtsiz hodisalar yuzasidan ma`lumot berdi.

Sodir bo`lgan baxtsiz hodisalarning aksariyati fuqarolar tomonidan suv havzalari va daryolarda xavfsizlik qoidalariga rioya etmaslik, shu jumladan ta`qiqlangan joylarda cho`milish, mast holatda suvga tushish, ota-onalar tomonidan farzandlarini qarovsiz qoldirish kabi holatlar natijasida yuzaga kelgan.

Jumladan, Bo`stonliq tumanida yashovchi D.Nurxo`jaev (1962 y.t.) G`azalkent shahri hududidan oqib o`tuvchi Parkent daryosida cho`milayotib, extiyotsizligi oqibatida suvda cho`kib ketishi natijasida vafot etgan.

Mazkur baxtsiz hodisa Toshkent viloyatida hududida qayd etilgan yagona holat emas.

Xususan, joriy yilning yozgi dam olish mavsumida viloyat hududidagi suv havzalari va daryolarda extiyotsizlik oqibatida jami 40 dan ziyod kishi, shu jumladan 5 nafar voyaga etmaganlar suvda cho`kishi natijasida vafot etishgan.

Toshkent viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan qurbonlarning yaqinlari va oila a`zolariga hamdardlik bildirilib, bu kabi baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida aholidan suv havzalari va daryolarda xavfsizlik qoidalariga qat`iy rioya etish, shuningdek har qanday holatda o`z farzandlari va yaqinlarini qarovsiz qoldirmaslik so`raladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar