AsosiyJinoyat

QO`YLIQ BOZORI ATROFIDA 21 NAFAR ENGIL TABIATLI AYoL QO`LGA OLINDI

'QO`YLIQ BOZORI ATROFIDA 21 NAFAR ENGIL TABIATLI AYoL QO`LGA OLINDI 'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB Qo`yliq bozori atrofida fohishalik bilan shug`ullanuvchi ayollar qo`lga olingani haqida xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Toshkent shahar IIBB HPB va Patrul-post xizmati xodimlari tomonidan 2017 yil 25 avgust kuni o`tkazilgan "Oriyat" tezkor tadbiri natijasida Bektemir tumani, Qo`yliq bozori atrofidagi hududda fohishalik bilan shug`ullanishda gumon qilingan ayollar qo`lga olingan.

"Yosh qiz va ayollar bilan olib borilgan profilaktik surishtiruv ishlari natijasida, 21 nafar ayolga nisbatan O`zbekiston Respublikasi ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 190-moddasi (foxishalik) bilan hujjatlar rasmiylashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar