AsosiyJamiyat

​"MIRZO ULUG`BEK. OSMON TOQIGA QO`YILGAN KARVON" FILMI XALQARO VENESIYa KINOFESTIVALIDA TAQDIRLANDI

'​"MIRZO ULUG`BEK. OSMON TOQIGA QO`YILGAN KARVON" FILMI XALQARO VENESIYa KINOFESTIVALIDA TAQDIRLANDI'ning rasmi

Xalqaro Venesiya kinofestivalida o`rta asrlar buyuk allomasi va mutafakkiri Mirzo Ulug`bekning hayoti va ilmiy merosi haqida hikoya qiluvchi "Mirzo Ulug`bek. Osmon toqiga qo`yilgan narvon" filmi “Eng yaxshi xorijiy hujjatli film” nominasiyasida nufuzli "Kineo" mukofotiga sazovor bo`ldi. Bu haqda Lola Karimova-Tillaeva Facebook`dagi sahifasida ma`lum qildi.

Film prodyuserlari - Lola Karimova-Tillyaeva va uning turmush o`rtog`i Timur Tillyaev, rejissyor - Bahodir Yuldoshev. Ushbu kinolenta shu yilning iyul oyida Italiyaning Iskya orolida bo`lib o`tgan kinofestivalda ham eng yaxshi hujjatli film sifatida g`olib bo`lgan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar