O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi 5177-sonli Farmonining bajarilishi doirasida, 2017 yil 5 sentyabridan e`tiboran “GM Uzbekistan” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillar chakana narxlari milliy valyuta – so`mda belgilanadi, deb xabar beradi “GM UZBEKISTAN” AJ jamoatchilik bilan aloqa qilish xizmati.
Shu bilan birga, yuqorida ko`rsatilgan Farmon qabul qilingan sanada amal qilgan avtomobillar chakana narxlari saqlanib qolinadi. 2017 yil 5 sentyabrgacha tuzilgan shartnomalar asosida avtomobillarga to`lov qabul qilish va ularni etkazib berish ushbu shartnomalarda ko`rsatilgan shartlar, narxlar va muddatlar asosida amalga oshiriladi.
“GM UZBEKISTAN” avtomobillarining amaldagi narxlari bilan quyida tanishish mumkin: