AsosiyJamiyat

O`zbekistonning elektr energiyaga talabi 2030 yilda 2 barobar oshadi

Canoatning yuqori darajada jadal rivojlanib borayotganini hisobga olgan holda, mamlakatimizning elektr energiyasiga bo`lgan talabi 2030 yilda joriy yilga nisbatan 2 barobar oshadi va 105 milliarddan ziyod kilovatt-soatni tashkil etadi. 
 
Bu xaqda Prezident Islom Karimov Osiyo quyosh energiyasi forumining oltinchi yig`ilishidagi nutqida aytib o`tdi.
 
O`zbekistonning quyosh energetikasi borasidagi salohiyati va mamlakatimizda ushbu sohani rivojlantirish istiqbollari haqida gapirganda, quyidagi fikrlarni ta`kidlashni istardim. 
 
Birinchi navbatda, O`zbekiston geografik o`rni va iqlim sharoitlariga ko`ra buning uchun g`oyat qulay imkoniyatlarga ega.
 
O`zbekistonda havo bir yilda 320 kundan ziyod ochiq bo`lib, mamlakatimiz yil davomida quyoshli kunlarning ko`pligi bo`yicha dunyoning aksariyat mintaqalariga nisbatan ustunlikka ega.
 
Osiyo taraqqiyot banki va Jahon banki xulosalariga ko`ra, O`zbekistonda quyosh energiyasining yalpi salohiyati 51 milliard tonna neft ekvivalentidan ortiqdir. 
 
Ana shu resurslar hisobidan, ekspertlarning hisob-kitoblariga qaraganda, mamlakatimizda joriy yilda iste`mol qilinadigan elektr energiyasidan 40 barobar ko`p hajmdagi elektr energiyasi ishlab chiqarish mumkin.
 

    Boshqa yangiliklar