O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboevning taklifiga binoan 2017 yil 9-10 sentyabr kunlari Qozog`istonga tashrif buyuradi.
O`zAning xabar berishicha, davlatimiz rahbari Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar bo`yicha birinchi sammitida ishtirok etadi.
Davlatimiz rahbari tashrif doirasida Ostona shahrida "EXPO-2017" xalqaro ixtisoslashgan ko`rgazmasining rasmiy yopilish marosimida ishtirok etishi hamda xorijiy delegasiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama qator uchrashuvlar o`tkazishi rejalashtirilgan.






