AsosiyJamiyat

​BUXOROLIK FUQARO O`Z UYIDAN BIR XUM KUMUSh TANGA TOPDI

'​BUXOROLIK FUQARO O`Z UYIDAN BIR XUM KUMUSh TANGA TOPDI'ning rasmi

Buxoro viloyati G`ijduvon tumanidagi Saidkent qishlog`ida yashovchi Erkin Mo`minov o`z uyidan bir ko`za tanga topdi, bu haqda “O`zbekiston 24” kanali xabar qiladi.

Xabarda aytilishicha, fuqaro yangi uy qurish uchun qazilma ishlari olib borayotgan paytda 1,5 metr chuqurlikdan bir ko`za kumush tangalar topgan. Xumning ichidagi 816 dona kumush tanga er ostida qariyb 7 asrdan buyon saqlanib kelayotganligi ma`lum bo`ldi.

Erkin Mo`minov ushbu qadimiy topilmalarni Buxoro davlat badiiy me`morchilik muzeyiga topshirdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar