AsosiyJamiyat

​O`ZBEKISTONNING BARChA HUDUDLARIDA «BOLALAR KITOBI» III RESPUBLIKA FESTIVALI BO`LIB O`TADI

'​O`ZBEKISTONNING BARChA HUDUDLARIDA «BOLALAR KITOBI» III RESPUBLIKA FESTIVALI BO`LIB O`TADI'ning rasmi

2017 yilning 14-16 sentyabr kunlari Toshkent shahri, Qoraqalpog`iston Respublikasi hamda viloyatlar markazlarida “Sog`lom va ma`naviy etuk avlod – yurt kelajagi!” shiori ostida “Bolalar kitobi” III Respublika festivali o`tkaziladi.

Festival doirasida yurtimizda faoliyat yuritayotgan 60 dan ziyod nashriyot va matbaa korxonalari o`z kitob mahsulotlari bilan faol ishtirok etadi.

O`zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan 2017 yil 1 sentyabr holatiga ko`ra, 131 ta nashriyot, 1815 ta matbaa korxonasi davlat ro`yxatidan o`tkazilgan. Respublika nashriyotlari tomonidan har yili 4 ming nomdan ziyod, umumiy adadi 50 mln. nusxadan ortiq turli kitob mahsulotlari nashr etilmoqda. 50 dan ortiq nashriyot bolalarga bag`ishlangan kitob mahsulotlarini chop etib kelmoqda. Bugun yurtimizda nashr etilayotgan adabiyotlarning har uchtadan bittasi bevosita bolalar va yoshlarga bag`ishlangan nashrlardir.

Sayil tarzida tashkil etiladigan tadbirlarda “Eng faol yosh kitobxon”, “Yosh kitobsevar”, “Mening birinchi kitobim”, “Kitobxon oila”, “Kitob – beminnat ustoz”, “Odamiylik kitobga bo`lgan ehtiromdan boshlanadi” kabi mavzularda sovrinli intellektual viktorina va mushoiralar, “Men sevgan kitoblar” mavzusida ijtimoiy so`rovnoma o`tkaziladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar